
Yurgen Klinsmanning o‘g‘li "Gerta" safidagi debyut o‘yinidayoq penaltini bartaraf etdi (video)
Germaniyalik mashhur murabbiy Yurgen Klinsmanning o‘g‘li Jonatan Klinsmann Berlinning “Gerta” klubi safida debyut uchrashuvini o‘tkazdi.
E’tiborlisi, 20 yoshli AQShlik darvozabon kecha Evropa ligasi guruh bosqichi so‘nggi turida “Estersund”ga (1:1) qarshi kechgan bahsning so‘nggi daqiqalarida hakam tomonidan belgilangan penaltini qaytarib, jamoasini muqarrar mag‘lubiyatdan qutqarib qoldi.
Quyida ushbu vaziyatni o‘zingiz tomosha qilishingiz mumkin:
Fikrlar