"Yuventus" Salah uchun "Liverpul"ga yangi taklif tayyorlamoqda

  • 17 fevral, 2019, 15:50
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Avval xabar berilganidek, “Yuventus” klubi o‘z tarkibiga “Liverpul” hujumchisi Muhammal Salahni qo‘shib olish fikridan qaytmayotir.

Tecno

Tuttosport nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, turinliklar ingliz klubiga yangi taklif tayyorlamoqda. Unga ko‘ra, “keksa sinora” rahbariyati misrlik futbolchi uchun 50 million evro va hujumchi Paulo Dibalani berishmoqchi.

Salah “Liverpul”ga 2017 yili “Roma”dan 42 million evro evaziga o‘tgan. Bu mavsum 26 yoshli futbolchi mersisaydliklar safida 34 o‘yinda maydonga tushib, 20 gol va 8 golli uzatmaga mualliflik qilgan.

Salahning “Liverpul” bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2023 yil iyulida yakuniga etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
darwesh
17/02/2019 17:34
Ювентус хамма юлдузларни сотиб олади шекилли