
"Yuventus" jiddiy yo‘qotishga uchradi
Turinning "Yuventus" klubi hujumchisi Mario Manjukich mashg‘ulot paytida jarohat oldi.
Football Italia nashri tarqatgan xabarga qaraganda 32 yoshli xorvatiyalik futbolchi mushaklarini shikastlab olgan. Shifokorlarning so‘zlariga ko‘ra u kamida 4 hafta jamoasiga yordam bera olmaydi.
Ma’lumot uchun, Manjukich joriy mavsum “Yuventus” safida jami 21ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 9ta gol va 4ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishgan.
Fikrlar