"Yuventus"ning asosiy futbolchilaridan biri "Atletiko"ga qarshi javob bahsida ishtirok etolmaydi

  • 21 fevral, 2019, 09:55
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Turinning "Yuventus" klubi himoyachisi Aleks Sandro 12 mart kuni Chempionlar ligasi 1/8 final javob bahsidan o‘rin olgan "Atletiko"ga qarshi o‘yinda ishtirok etmaydi.

Gap shundaki braziliyalik futbolchi kecha ushbu jamoalarning Madridda bo‘lib o‘tgan dastlabki bahsida hakam tomonidan sariq kartochka bilan ogohlantirildi. Bu esa uning turnirdagi 3-sariq kartochkasi bo‘ldi. Shu sababli u endi musobaqaning navbatdagi o‘yinini o‘tkazib yuborishga majbur.

Ma’lumot uchun, Sandro joriy mavsum “Yuventus” safida jami 29ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 2ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!