Zidan MYuda o‘ynashi ham mumkin edi, ammo...
Angliyaning “Manchester Yunayted” klubi sobiq vakili Martin Edvardsning so‘zlariga ko‘ra “qizil iblislar” 1996 yil ayni damda “Real”ni boshqarayotgan Zinedin Zidanni sotib olishlari mumkin edi.
“Zidan va Kantona bir pozitsiyada o‘ynashgan. O‘shanda Aleks Fergyuson Erikning ketib qolishidan qo‘rqqan va ushbu transfer barbod bo‘lgan. Men hozir shundan afsuslanaman. Chunki, Kantona oradan bir yil o‘tib faoliyatini yakunladi, yosh va iste’dodli Zidan esa jamoaga uzoq yillar yordam berishi mumkn edi”, - deydi Edvards Sky Sports nashriga bergan intervyusida.

Fikrlar