
Zidan: Ronaldu uchun mavsumda 50 ta gol – bu normal holat
Madridning “Real” jamoasi bosh murabbiyi Zinedin Zidan “Atletiko”ga qarshi (1:1) La Liga 31-turi o‘yinidan keyin o‘z fikrini bildirdi va Ronalduning zaxiraga olinishi sababini tushuntirdi.
“Krishtianu uchu mavsumda 50 ta gol – bu normal holat. U butun umr shunday o‘ynab kelmoqda. Afsuski, bizda xuddi shuncha gol uradigan boshqa futbolchi yo‘q. Ronaldu tarkibda bo‘lgani albatta yaxshiroq.
Uni zaxirga olishimdan sabab – oldinda qiyin o‘yinlar turibdi va unga biroz dam olish imkonini berish lozim. Shunga qaramay, u kundan kunga o‘zini yanada yaxshiroq his qilmoqda. Buni uning o‘yinidan ham ko‘rish mumkin.
“Atletiko” bilan o‘yin natijasidan mamnunman, biroq yaxshiroq natijaga erishishimiz mumkin edi. Lekin mag‘lubiyatga uchrashimiz ham hech gap emasdi. Uch ochko ola bilmagan bo‘lsak-da, o‘yindan ko‘nglim to‘ldi”, – dedi frantsiyalik mutaxassis.
Fikrlar