Pep, bizni Husanovning o‘yinini ko‘rishdan ayirma!
O‘zbekiston milliy terma jamoasining 2026 yilgi jahon chempionatiga yo‘llanma olgani munosabati bilan futbolchilarimiz tabriklarni qabul qilishda davom etmoqda.
Xususan, bugungi kundagi eng mashhur futbolchimiz Abduqodir Husanov ham o‘z klubi “Manchester Siti”dan tabrik oldi. Klub matbuot xizmati ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifasiga Abduqodirning suratini qo‘yib, “Abduqodir Husanov va O‘zbekiston terma jamoasini jahon chempionatiga ilk bor chiqqani bilan tabriklaymiz!”, deb yozib qo‘ydi.
Bu tabrikka “shaharliklar”ning butun dunyo bo‘ylab tarqalgan muxlislari Abduqodir Husanov haqidagi fikr-mulohazalarini bildirishda davom etmoqda.
Sports.uz portali ushbu izohlarni o‘zbekistonlik futbol ishqibozlari e’tibori havola etadi.
Football Frenzy:
Tabriklaymiz, Husanovning natijasidan “Manchester Siti” xursand bo‘lishi kerak. Ortga qayganida Gvardiola uni yana zaxiraga mixlamasa bo‘ldi.
Ana Mahmud:
Husanov, kelasi yili sizlardan zo‘r o‘yinlar kutimiz.
Peace Agb:
Keyingi mavsum Abduqodir ko‘proq o‘yin o‘tkazishiga umid qilamiz.
Maliçk Jñr:
Husanovga imkon bering. U ayrim o‘yinchilarga qaraganda, maydonda bo‘lishga munosib.
Dennis Ababio:
Vau vau! Hayajonlandim. O‘zim eng yoqtirgan futbolchining o‘yinlarini endi jahon chempionatida ham ko‘raman.
Mahmoud Ahmed:
Husanovning fanatlari Misrda ham bor!
Jack Too:
Husanov “Manchester Siti”da asosiy tarkibda bo‘lishi shart.
Lerast Erast Erasto'o:
Husanovga o‘ynash imkonini berish kerak. Hamma ham xato qiladi. Biz muxlislar Abduqodirga ishonamiz, u jamoamiz himoyasiga Manuel Akanjidan ko‘proq foyda keltiryapti.
Basit Abraham:
Pep, bizni Husanovning o‘yinini ko‘rishdan ayirma, iltimos.
Abduqodir Husanov 20 yanvardan beri “Manchester Siti” futbolchisi. Uning shartnomasi 2029 yilning yozigacha davom etishi belgilangan. 21 yoshli markaziy himoyachimiz yakunlangan mavsumda Angliya Premer-ligasi, mamlakat kubogi va Evropa Chempionlar ligasida to‘qqizta uchrashuv o‘tkazib, bitta gol ham urdi.
Bundan tashqari, markaziy himoyachimiz 2023 yilning yozidan beri O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosidir. Abduqodir xalqaro miqyosda 21 ta uchrashuvda ishtirok etgan.
Transfermarkt portali ekspertlari Husanovni 35 million evroga baholamoqda. Abduqodir bugungi kunda Markaziy Osiyoning eng qimmat futbolchisi hisoblanadi.
Fikrlar