Zinedin Zidan: “Napoli” bilan o‘yinda omadimiz keldi
“Real Madrid” jamoasi bosh murabbiyi Zinedin Zidan “Napoli”ga qarshi (3:1) kechgan EChL nimchorak final javob o‘yinidan keyin o‘z firklari bilan o‘rtoqlashdi.
“Birinchi bo‘lim kutilmaganda biz uchun og‘ir o‘tdi. Maydonga tez moslashib keta olmadik, lekin mezbonlar bu ishni uddalashdi va gol urishdi. “Napoli” bizga katta bosim uyushtirishni boshladi, lekin pressing ishlatib, hisobni tenglashtirisha oldik.

Tan olish kerak, o‘yinda omadimiz ham keldi. Ammo, futbolda barchasi faqat omadga bog‘liq emas. 3:1 hisobi o‘yinda kim ustunlik ko‘rsatganini isbotlab turibdi. “Real”, shuningdek, mahorat evaziga bugungi g‘alabani rasmiylashtirdi”, – deydi Zidan.

Fikrlar