A Seriya. Fabregasning "Komo"si "Napoli"dan ham ochko tortib oldi
Italiya A Seriyasining navbatdagi turida Sesk Fabregas boshchiligidagi "Komo" safarda Antonio Kontening "Napoli"si bilan to‘qnash kelib, 0:0 hisobidagi durangga imzo chekdi.
Jamoa neapolliklardan tashqari, bir necha tur avval Turinning "Yuventus" klubini ishonchli 2:0 hisobida taslim etgan edi. Shuningdek, klub bu mavsum 10 ta turdan so‘ng 4 ta bahsda g‘alaba qozondi, 5 ta uchrashuvda esa durang o‘ynadi va 1 marta "Bolonya"ga imkoniyatni boy berdi. Shu orqali 17 ochko to‘plagan holda, turnir jadvalining 5-o‘rinida bormoqda.
"Napoli" esa 10 ta bellashuvdan keyin 22 ochko to‘plab, jadvalda peshqadamlik qilmoqda.



Fikrlar