A Seriya. Gollarga boy o‘tgan o‘yinda "Roma" mag‘lubiyatga uchradi

  • 13.03.2023 00:00
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol

A Seriyaning 26-turida "Roma" "Sassuolo"ni o‘z maydonida qabul qilib, 4:3 hisobida mag‘lub bo‘ldi. 

Dastlab, Arman Loryanta 5 daqiqa ichida dubl qilib, oradagi farqni ikkitaga etkazdi. Rimliklar safida javob golini Zalevskiy kiritdi. Ammo taym so‘nggida mehmonlar yana bir bor davrozani ishg‘ol qilib, hisobni 3:1 ko‘rinishiga keltirdi. Ikkinchi bo‘limda jamoalar bittadan gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Uchrashuv tugashiga kam vaqt qolganida Veynaldum ham o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ydi. 

Shu tariqa, "Roma" turnir jadvalida 5-o‘ringa tushib ketdi. "Sassuolo" esa 13-pog‘onada bormoqda. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!