
A Seriya. "Inter" ishonchli hisobda g‘alaba qozondi
A Seriyaning 22-turidan o‘rin olgan "Inter" - "Udineze" uchrashuvi milanliklarning 3:1 hisobidagi g‘alabasi bilan tugadi.
Dastlab, Lukaku 20-daqiqada penaltidan gol urib hisobni ochgan bo‘lsa, 43-daqiqada Lovrich imkoniyatlarni tenglashtirdi. Ikkinchi bo‘limda Mixitaryan va Martines o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ydi va hisob 3:1 ko‘rinishiga keldi.
Shu tariqa, "Inter" turnir jadvalida "Napoli" bilan oradagi farqni 15 ochkoga qisqartirishga muvaffaq bo‘ldi.
Fikrlar