A Seriya. "Kalyari" raqobatchisi bilan kechgan bahsda nursiz durangga imzo chekdi
A Seriya 18-turidan o‘rin olgan "Kalyari" - "Empoli" bahsi bo‘lib o‘tdi. Unda jamoalar 0:0 hisobidagi durangga imzo chekdi.
Ayni damda 14 ochkosi bor "Kalyari" A Seriya turnir jadvalida 18-pog‘onada bormoqda. Ulardan bir ochko kam jamg‘argan "Empoli" 19-pog‘onani band etgan.
Qayd etish lozim, ayni damda jarohat olgan Eldor Shomurodov Raneri jamoasiga yordam bera olmayapti.

Fikrlar