
A Seriya klubida yana 3 ta koronavirus holati aniqlandi
"Roma" klubi yana jiddiy muammolar qarshisida qoldi. Edin Jekodan keyin, boshqa futbolchilar ham safdan chiqdi.
"Football Italia" nashrining xabar berishicha, "bo‘rilar"ning yana 3 futbolchisi koronavirus infektsiyasini yuqtirib olgan. Himoyachilar Federiko Fasio va Davide Santon hamda yarim himoyachi Lorentso Pellegrini topshirgan tahlillar musbat natija bergan.
Rimliklar bir necha kun avval A Seriya 7-turi doirasida "Jenoa" klubini 3:1 hisobida taslim etgan edi.
Fikrlar