A Seriya. "Komo" oʻz uyida "Roma"dan ustun kelib, turnir jadvalida 4-o‘ringa koʻtarildi
Muhammadqodir Ruzmatov
Uchrashuv yakunlandi.
A Seriyaning 29-turidan o‘rin olgan uchrashuvda "Komo" o‘z maydonida "Roma"ni qabul qildi va 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.
Dastlab, 7-daqiqada Doniell Malen hisobni ochgan bo‘lsa, 59-daqiqada Anastasios Duvikas muvozanatni tikladi. 79-daqiqada esa Diego Karlos gol urib, mezbonlarga g‘alabani taqdim etdi.
Shu tariqa, Sesk Fabregas shogirdlarining ochkolari soni 54 taga yetdi va jamoa turnir jadvalida 4-o‘ringa ko‘tarildi. "Bo‘rilar" esa 51 ochko bilan 6-pog‘onani egalab turibdi.

Izohlar (0)