Asosiy mazmunga oʻtish

A Seriya. "Kremoneze" so‘nggi daqiqalarda g‘alabani ilib ketdi. "Milan" esa ishonchli hisobda "Lechche"ni mag‘lubiyatga uchratdi

Bilolbek Imomov
Izohlar: 0

Ikkinchi tur ham start oldi

Italiya A Seriyasining 2-turidan o‘rin olgan dastlabki ikki bahs o‘z nihoyasiga etdi. 
 
1-turda "Milan"dan ustun kelgan "Kremoneze" mazkur turda "Sassuolo"ni 3:2 hisobida taslim etishga muvaffaq bo‘ldi. Dastlab, 37 va 39-daqiqalarda Filippo Terrachchano hamda Franko Vaskes gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Ularning gollariga esa Andrea Pinamonti va Domeniko Berardi javob berib, hisobni tenglashtirishdi. Ikkinchi bo‘limga qo‘shib berilgan daqiqalarning uchinchisi o‘tib borayotgan Manuel de Luka gol urib, jamoasining 3 ochko olishini ta’minladi. 
 
Ushbu g‘alaba orqali "Kremoneze" ochkolar sonini 6 taga etkazib, turnir jadvalida vaqtinchalik 1-o‘ringa chiqib oldi.

Massimiliano Allegri boshchiligidagi "Milan" esa 1-turda alamli mag‘lubiyatni qabul qilib olgan edi. Bu turda esa milanliklar "Lechche"dan 2:0 hisobida ustun keldi. 
 
66-daqiqada Ruben Loftus-Chik hisobni ochgan bo‘lsa, 86-daqiqada Chelsining sobiq hujumchisi Kristian Pulishich ham gol urib, oradagi farqni 2 taga etkazib qo‘ydi. Ushbu ikki gol "rossoneriliklar"ning safardan g‘alaba bilan qaytishlarini ta’minladi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Telegram'dagi kanaliga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q