
A Seriya. "Milan" 1 kishi kam bo‘lib markaziy to‘qnashuvda "Napoli"ni engdi
Italiya A Seriyasining 6-turidagi yana bir markaziy uchrashuv o‘z nihoyasiga etdi.
Massimiliano Allegri boshqaruvidagi "Milan" klubi o‘z uyida Antonio Kontening "Napoli"sini qabul qilib, 2:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.
Dastlab, bellashuvning 3-daqiqasidayoq Salemakers hisobni ochdi. 31-daqiqaga kelib esa Kristian Pulishich oradagi farqni 2 taga etkazdi. Ikkinchi bo‘limning 60-daqiqasida "Manchester Siti"ning sobiq sardori Kevin de Bryuyne 11 metrlik jarima zarbasidan unumli foydalanib, hisobni qisqartirishga muvaffaq bo‘ldi. Biroq, neappoliklar ikkinchi golni urishga ulgurmadi va mag‘lub bo‘ldi. Shuningdek, o‘yinning 57-daqiqasida Pervis Estupinyan qizil kartochka bilan jazolanib, maydonni tark etdi.
- Italiya - A Seriya
- Joriy Mavsum

Milan
- Alexis Saelemaekers 3'
- Christian Pulisic 31'
28.09.2025 23:45

Napoli
- Kevin De Bruyne 60'
Fikrlar