A Seriya. "Milan" "Piza" ustidan qiyin g'alabani qo'lga kiritdi
A Seriyaning 25-turi doirasida "Piza" "Milan"ga 2:1 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi.
Dastlab, 39-daqiqada Loftus-Chik hisobni ochdi. Ammo mezbonlar futbolchisi Loyola 71-daqiqada o‘yinda muvozanatni tikladi. Asosiy vaqt yakuniga 5 daqiqa qolganda esa Modrich gol urib, milanliklarga g‘alaba taqdim etdi.
Shu tariqa, Massimiliano Allegri shogirdlarining ochkolari soni 53 taga yetdi va jamoa turnir jadvalidа ikkinchi o‘rinni egalab turibdi.
- Italiya - A Seriya
- Joriy Mavsum
Pisa
- Felipe Loyola 71'
Tugadi
1
:
2
14.02.2026 00:45
AC Milan
- Ruben Loftus-Cheek 39'
- Luka Modrić 85'
Fikrlar