A Seriya. "Napoli" kutilmaganda durang o‘ynadi. "Inter" bilan oradagi farq esa 1 ochkogacha qisqardi
Italiya A Seriyasining 36-turida "Napoli" o‘z uyida "Jenoa"ni qabul qilib, 2:2 hisobida durang o‘ynadi.
Uchrashuvning 15-daqiqasida Lukaku hisobni ochishga muvaffaq bo‘ldi. 32-daqiqada esa Aleks Meret o‘z darvozasini ishg‘ol qilib, hisobni tenglashishiga yordam berdi. Ikkinchi bo‘limning 62-daqiqasida Raspadori neapolliklarni yana oldinga olib chiqqan edi. Biroq, 84-minutda Xoan Vaskes hisobni 2:2 ko‘rinishiga keltirdi.
Ushbu durangdan so‘ng Konte boshchiligidagi "Napoli" turnir jadvalida 78 ochkoga ega bo‘lib, peshqadamlik qilmoqda. Ularni esa 77 ochko bilan Indzagining "Inter"i quvib kelmoqda.
- Italiya - A Seriya
- Joriy Mavsum
Napoli
- Romelu Lukaku 15'
- G. Raspadori 64'
Tugadi
2
:
2
11.05.2025 23:45
Jenoa
- J. Vásquez 84'
- A. Meret 32'
Fikrlar