A Seriyaning 31-turidan o‘rin olgan markaziy uchrashuv o‘z nihoyasiga yetdi. "Napoli" o‘z maydonida "Milan"ni qabul qilib, 1:0 hisobida g‘alaba qozondi.
Uchrashuvdagi yagona golni zahiradan maydonga tushgan Politano 79-daqiqada kiritishga muvaffaq bo‘ldi.
Shu tariqa, neapolliklar ochkolar sonini 65 taga yetkazib, turnir jadvalida 2-o‘ringa ko‘tarildi. "Rossonerilar" esa 63 ochko bilan 3-pog‘onada qolmoqda.
Izohlar (0)
Hozircha izohlar yo'q