A Seriya. "Napoli" soʻnggi daqiqalarda gʻalabani ilib ketdi

  • 08.02.2026 00:01
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol

Italiya A Seriyasining 24-turida Antonio Konte boshchiligidagi "Napoli" safarda "Jenoa" bilan kuch sinashib, 3:2 hisobidagi g‘alabani qo‘lga kiritdi. 
 
Dastlab, bellashuvning Ruslan Vladimirovich Malinovskiy hisobni ochishga muvaffaq bo‘ldi. 20-daqiqaga kelib, Rasmus Xoylund oradagi farqni yo‘qqa chiqardi. Oradan 1 daqiqa o‘tib esa "Napoli" hisobda oldinga chiqib olishga ham erishdi. Bu galgi gol muallifi - Skott Maktominay!

Ikkinchi bo‘lim avvalida Lorenzo Kolombo jamoasining ikkinchi golini kiritib, hisobni 2:2 ko‘rinishiga keltirdi. Lekin 90+5-daqiqada Xoylund dublni rasmiylashtirib, neapolliklarning g‘alabasini ta’minladi. 
 
Ma’lumot o‘rnida, ushbu g‘alabadan so‘ng "Napoli" ochkolar sonini 47 taga yetkazib olib, "Yuventus"ni quvib o‘tgan holda, 3-o‘ringa ko‘tarildi.

  • Italiya - A Seriya
  • Joriy Mavsum
102.png

Jenoa

  • Lorenzo Colombo 57'
  • Ruslan Malinovskyi 3'
Tugadi
2 : 3

07.02.2026 22:00

597.png

Napoli

  • Rasmus Højlund 90'
  • Rasmus Højlund 20'
  • Scott McTominay 21'

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!