A Seriya. "Roma" debyutant jamoa darvozasiga 5 ta gol urdi

  • 19.10.2020 09:34
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Italiya A Seriyasining 4-turida “Roma” o‘z maydonida musobaqa debyutanti hisoblangan “Benevento” klubini qabul qildi.

Rimda kechgan bellashuv gollar shousiga aylanib ketdi. Yakunda “Roma” 5:2 hisobidagi g‘alabani tantana qildi. “Bo‘rilar” safida gollarni Pedro Rodriges (31'), Edin Jeko (35', 77'), Jordan Veretu (69') va Karles Peres (89') kiritdi. Mehmonlar safida Janluka Kaprari (5') va Janluka Lapadula (55') o‘z hisobiga gol yozdirib qo‘ydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!