A Seriya. "Roma" kichik hisobda g‘alaba qozondi
Italiya A Seriyasining 24-turidan o‘rin olgan bahs o‘z nihoyasiga etdi.
Mazkur turda Klaudio Raneri boshchiligidagi rimliklar "Venetsiya" ustidan 1:0 hisobida g‘alaba qozondi. Yagona golni argentinalik hujumchi Dibala 57-daqiqada penaltidan kiritdi.
Milliy terma jamoamiz sardori hisoblangan Eldor Shomurodov 90+2 daqiqada Dovbik o‘rniga zaxiradan o‘yinga qo‘shildi.
Ma’lumot o‘rnida, "Roma" navbatdagi bellashuvini Evropa ligasining pley-off bosqichida "Portu"ga qarshi o‘tkazadi. Mazkur to‘qnashuv 13 fevral kuni Toshkent vaqti bilan 01:00 da start oladi.
- Italiya - A Seriya
- Joriy Mavsum
Venezia
Tugadi
0
:
1
09.02.2025 16:30
Roma
- Paulo Dybala 57'
Fikrlar