A Seriya. Shomurodov 76 daqiqa o‘ynagan o‘yinda "Spetsiya" yirik hisobda mag‘lub bo‘ldi
A Seriyaning 21-turidan o‘rin olgan "Spetsiya" - "Napoli" uchrashuvi mehmonlarning yirik 3:0 hisobidagi g‘alabasi bilan tugadi.
Birinchi bo‘limda hisob ochilmadi. Ikkinchi taym boshida Xvicha penaltidan gol urib, jamoasini oldinga olib chiqdi. Birozdan so‘ng Osimxen dubl qilib, hisobni 3:0 ko‘rinishiga olib keldi. Eldor Shomurodov esa maydonda 76 daqiqa harakatlandi.
Shu tariqa, "Napoli" turnir jadvalidagi peshqadamligini saqlab qoldi. "Spetsiya" esa 17-pog‘onada bormoqda.
Fikrlar