A Seriya. Shomurodov asosiy tarkibda maydonga tushgan o‘yinda "Kalyari" yirik hisobda mag‘lub bo‘ldi
A Seriyaning 7-turidan o‘rin olgan "Fiorentina" - "Kalyari" bahsi mezbonlarning 3:0 hisobidagi g‘alabasi bilan tugadi.
O‘yinda Gonsales va Nzola bittadan gol urgan bo‘lsa, Dossena o‘z darvozasini ishg‘ol qilib qo‘ydi. Mazkur bahsni Shomurodov asosiy tarkibda boshlagandi. Ammo bosh murabbiy uni 46-daqiqadayoq zaxiraga oldi.
Shu tariqa, "Fiorentina" turnir jadvalida 5-o‘ringa chiqib oldi. "Kalyari" esa 2 ochko bilan 10-pog‘onada ketmoqda.
Fikrlar