
A Seriya. Shomurodov yarim soat o‘ynagan bahsda "Kalyari" durang natija qayd etdi
Italiya A Seriyasining 4-turidan o‘rin olgan "Kalyari" - "Udineze" bahsi bo‘lib o‘tdi. Unda tomonlar 0:0 hisobida durang o‘ynadi.
Uchrashuvda ikki jamoada ham ko‘plab imkoniyatlar yuzaga keldi. Biroq bellashuvda hisob ochilmadi.
"Kalyari" safida to‘p tepadigan hamyurtimiz Eldor Shomurodov 60-daqiqada zaxiradan maydonga tushirildi.
Shu tariqa, "Kalyari" 1 ochkoni qo‘lga kiritib, 2 ochko bilan turnir jadvalida 18-o‘ringa chiqib oldi. "Udineze" 3 ochko to‘plagan holda 16-o‘rinni band etgan.
Fikrlar