
A Seriya. So‘nggi daqiqalarda gol urgan va qizil kartochka olgan Jiru jamoasiga g‘alaba keltirdi
A Seriya 13-turidan o‘rin olgan "Milan" - "Spetsiya" bahsi yakuniga etdi. Unda maydon egalari 2:1 hisobida raqibdan ustun keldi.
Dastlab, 21-daqiqada Teo bellashuvda hisobni ochdi. 59-daqiqa o‘tib borayotgan bir paytda Maldini muvozanatni tikladi. 89-daqiqada Olive Jiru "rossonerilar"ga g‘alaba keltirgan golga mualliflik qildi.
Shu tariqa, ochkolari sonini 29 taga etkazib olgan "Milan" A Seriya turnir jadvalida 2-o‘ringa ko‘tarilib oldi.
Fikrlar