Asosiy mazmunga oʻtish

A Seriya. "Yuventus" "Piza"ni yirik hisobda mag‘lub etdi

Bilolbek Imomov
Izohlar: 0

To‘qnashuv o‘z nihoyasiga yetdi

Italiya chempionatining 28-turidan o‘rin olgan bahsda "Yuventus" o‘z maydonida "Piza"ni qabul qildi. Ushbu uchrashuvda turinliklar ishonchli g‘alabaga erishdi — 4:0.

Ikkinchi bo‘lim boshida maydon egalari hisobni ochishga muvaffaq bo‘lishdi. 54-daqiqada Andrea Kambyazo jamoasini oldinga olib chiqdi. 65-daqiqada Kefren Tyuram ustunlikni yanada mustahkamladı.

Oradan o‘n daqiqa o‘tib, 75-daqiqada Kenan Yildiz "Yuventus"ning uchinchi goliga mualliflik qildi. Uchrashuvga nuqtani esa 93-daqiqada Jeremi Boga qo‘ydi.

Shu tariqa, "Yuventus" 4:0 hisobida yirik g‘alabani qo‘lga kiritdi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Facebook'dagi sahifasiga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q