A Seriya. "Yuventus" qiyinchiliksiz "Parma"ni mag‘lub etdi

  • 02.02.2026 03:22
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Futbol

A Seriyaning 23-turi doirasida "Parma" oʻz uyida "Yuventus" jamoasini qabul qildi. Uchrashuv 4:1 hisobida turinliklar foydasiga hal boʻldi.

Dastlab, oʻyinning 15-daqiqasida Bremer hisobni ochgan boʻlsa, 37-daqiqada Makkenni oradagi  farqni ikkita oshirdi. 51-daqiqada esa mezbonlar futbolchisi Kambyaso hisobdagi farqni qisqartirdi. Ammo ushbu goldan soʻng Bremer yana bir bor raqib darvozasini ishgʻol qilib, dublni rasmiylashtirdi. Devid ham oʻz hisobiga gol yozdirib, jamoasining yirik gʻalabasini taʼminladi.

Shu tariqa, Luciano Spalletti shogirdlarining ochkolari 45 taga yetdi va jamoa turnir jadvalida 4- oʻrinni egallab turibdi.

  • Italiya - A Seriya
  • Joriy Mavsum
398.png

Parma

  • Andrea Cambiaso 51'
Tugadi
1 : 4

02.02.2026 00:45

625.png

Yuventus

  • Bremer 15'
  • Weston McKennie 37'
  • Jonathan David 64'
  • Bremer 54'

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!