Asosiy mazmunga oʻtish

A Seriya. "Yuventus" "Roma"ga qarshi uchrashuvda kambek evaziga mag'lubiyatdan qutilib qoldi

Bilolbek Imomov
Izohlar: 0

Gollarga boy kechgan uchrashuv o‘z nihoyasiga yetdi

A Seriyaning 27-turidan o‘rin olgan uchrashuvda "Yuventus" mehmonda "Roma" bilan 3:3 hisobida durang qayd etdi.

39-daqiqada Uesli Fransa uzoq masofadan zarba berib, hisobni ochdi. 47-daqiqada Fransishku Konseisau javob golini kiritdi. 54-daqiqada Evan Ndika rimliklarni yana oldinga olib chiqdi. 65-daqiqada Doniell Malen oradagi farqni 2 taga yetkazdi.

78-daqiqada "Nitsa"dan ijara asosida jalb qilingan Jeremi Boga turinliklar safidagi ilk golini urdi. 93-daqiqada esa Federico Gatti hisobni yana tenglashtirib, "Yuventus"ni mag‘lubiyatdan qutqarib qoldi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Facebook'dagi sahifasiga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q