
A Seriyada “Real” yoki “Siti”da o‘ynashga yaraydigan faqat bir futbolchi bor! U kim?
Italiya terma jamoasi safida jahon chempioni bo‘lgan mashhur himoyachi Fabio Kannavaro A Seriyada “Real” yoki “Manchester Siti”da o‘ynashga qodir bo‘lgan faqat bir futbolchi borligini aytdi.
- Lautaro Martinesning darajasidan shubhalanmang. U jahon chempionati, Amerika kubogi va Italiya chempionatida g‘olib chiqdi va jamoasiga katta foyda keltirmoqda. A Seriya va “Inter” uni ushlab qolishiga umid qilaman.
Men A Seriya o‘yinchilari haqida o‘ylaganimda, “Real” yoki “Manchester Siti”da o‘ynab keta oladigan futbolchi sifatida faqat Lautaroni ko‘rsata olaman. Boshqa birortasi yo‘q, - dedi Fabio Kannavaro.
Argentinalik hujumchi “Inter”da 2018 yildan beri to‘p tepmoqda. O‘tgan mavsumda Lautaro barcha turnirlarda 44 ta o‘yinda qatnashib, 27 ta gol va ettita assist muallifi bo‘ldi.
Fikrlar