Abbosbek Fayzullaev TsSKAning bahordagi o‘yinlarini baholadi!
O‘zbekiston milliy terma jamoamiz a’zosi Abbosbek Fayzullaev TsSKA jamoasini RPLning bahorgi qismidagi eng yaxshi jamoa deb atadi. "Armiyachilar" mavsumni 3-o‘rinda yakunlashdi va 1 iyun kuni Rossiya kubogi Cuperfinalida "Rostov"ga qarshi maydonga tushadi.
"Mening fikrimcha, TsSKA — bahorgi faslning eng yaxshi jamoasi. Biz chempionatda birorta o‘yinda mag‘lubiyatga uchramadik va umuman olganda juda yaxshi o‘yinlar namoyon etdik.
Sir nimada? Juda yaxshi yig‘inlar o‘tkazdik va jismoniy jihatdan ham yaxshi tayyorgarlik ko‘rdik. Bu — muvaffaqiyatdir" — deya ta’rif berib o‘tdi 21 yoshli hamyurtimiz.
Eslatib o‘tamiz, Fayzullaev kubok finalida ishtirok etganidan so‘ng 5 iyun kuni Jahon chempionati saralashi doirasidagi BAAga qarshi uchrashuv uchun jamoa safiga kelib qo‘shiladi.



Fikrlar