Abdumajidov yakka tartibdagi mashg‘ulotlarni boshladi, Flamarion ikkinchi yig‘inda jamoaga kelib qo‘shiladi - "Paxtakor" Antaliyada mashg‘ulotlarni boshladi
"Paxtakor" Antaliyadagi mashgʻulotlarni boshladi. Bu haqida klub matbuoti xabar berdi.
"Jamoamizning Turkiyadagi yigʻini va yangiliklari bilan oʻrtoqlashib boramiz. Bugun Kamoliddin Tojiev ilk safardagi ilk mashgʻulotlarini oʻtkazishga ulgirdi.
Jarrohlik amaliyotini oʻtkazib kelgan Muhammadrasul Abdumajidov yakka tartibdagi mashgʻulotlarni boshlab yuborgan. Yaqinda huddi shunday amaliyotni oʻtkazgan Flamariyon ikkinchi yigʻinda jamoamizga kelib qoʻshiladi.
Bashar va Tahsin biz bilan bir qatorda kecha Iroqdan Turkiyaga kelganlar", - deyiladi xabarda.
Fikrlar