
Abdumalik Halakov: "O‘zbekiston chempionati 3 nafar iste’dodni kashf etdi"
Xabaringiz bor, kuni kecha boks bo‘yicha O‘zbekiston chempionati o‘z yakuniga etdi.
Bu safargi chempionatda Olimpiada yo‘llanmasini qo‘lga kiritib ulgurgan, Abdumalik Halakov ishtirok etmadi. Biroq, u bevosita arenadan janglarni tomosha qilib bordi. Biz undan chempionat kashfiyotlari kim bo‘ldi, deya murojaat qildik.
- O‘zbekiston chempionati har doim qiziqarli kechadi. Bu safar ham juda qiziqarli janglarni guvohi bo‘ldik. Yoshlar ham tobora kuchayib boryapti. Shaxsan mening fikrimcha ushbu chempionat 3 nafar xaqiqiy iste’dodini kashf etdi. Jumladan, To‘rabek Habibullaevni xaqiqiy kuchini ko‘rsatib berdi. Shuningdek, Javohir Ummataliev va Kamron Turg‘unboevlarni ham kashf qildi.
Eslatib o‘tamiz, Abdumalik Halakov professional boksda ham o‘zi debyutini o‘tkazib, ajoyib g‘alabaga erishdi.
Fikrlar