Abduqodir Husanov eng kuchli tomonini ochiqlandi

  • 28.02.2026 06:30
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Futbol

Abduqodir Husanov "Manchester Siti"ning yanvar oyidagi eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Himoyachi sovrinni qabul qilib olgach, klubning rasmiy sahifasiga kichik intervyu berdi.

— Eng sevimli o‘zbek taomingiz qaysi?

"Barcha o‘zbek taomlarini yaxshi ko‘raman."

— Futboldan boshqa yana nimalarga qiziqasiz?

"Men PlayStation’da o‘yin o‘ynab turaman."

— Sizning eng kuchli tomoningiz qaysi?

"Himoyachi sifatida tezligimni ayta olaman."

— Futboldagi orzuyingiz nima?"

"Barcha sovrinlarni yutish."

— Hozirgacha eng yoqqan o‘yingiz qaysi?

"Etihad" stadionidagi barcha uchrashuvlar."

Xosep Gvardiolaning qanday jihatlari o‘yingizga ta’sir qilgan?

"Uning taktikas, intensivligi va bahslarga bo‘lgan ishtiyoqi."

Ma’lumot uchun, bugun "shaharliklar" APL doirasida "Lids"ga qarshi maydonga tushadi. Bellashuv Toshkent vaqti bilan soat 22:30 da start oladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!