
Abramovich birinchi marta "Chelsi" o‘yinini ko‘rish uchun chipta sotib olmadi
Londonning "Chelsi" klubi xo‘jayini Roman Abramovich birinchi marta jamoasining uy o‘yinini tomosha qilish uchun chipta sotib olmadi. Bu haqda The Times nashri xabar bermoqda.
Yuqoridagi manbaaga ko‘ra rossiyalik milliarderning bunday qarorga kelishi uning jamoani sotib yuborishni rejalashtirayotgani sabab bo‘lishi mumkin.
Ma’lumot uchun, "Chelsi" bugun APLning 33-turi doirasida o‘z maydonida "Brayton"ni qabul qiladi.
Eslatib o‘tamiz, FIFA “Chelsi”ni transfer qoidalarini buzgani uchun yaqin ikkita transfer mavsumida yangi futbolchilar sotib olishni ta’qiqlab qo‘ygan edi.
Fikrlar