Abramovichning super transferlari hali oldinda
“Chelsi” bosh murabbiyi Frenk Lempard Angliya chempionligiga kurashish uchun tarkibni jiddiy tarzda kuchaytirish lozimligini ta’kidlamoqda.
- Biz chempionat etakchilari bilan tenglashishni istaymiz. Ziyosh va Vernerning transferlari bu boshlanishi. Hozir tarkibda kuchaytirish lozim bo‘lgan joylar bor. Yangi mavsum oldidan saviyasi yuqori va transfer uchun ochiq futbolchilarni olamiz. “Manchester Siti” va “Liverpul” darajasiga chiqishimiz uchun bizga zo‘r futbolchilar kerak, - dedi Lempard.
Ikki hujumkor futbolchini transfer qilgan “Chelsi” endi e’tiborini mudofaa chizig‘iga qaratmoqchi. Ayni paytda londonliklar “Lester”dan Ben Chiluellni va PSJdan Leyvin Kurzavani olishni mo‘ljallamoqda. olishga harakat boshladi.

Fikrlar