Abror Ismoilov "Neftchi"ni tark etadimi?

  • 24.11.2025 14:39
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Futbol

"Neftchi" klubi joriy mavsum Superliga oltin medallarini qo‘lga kiritdi. Farg‘onaliklarni chempionligida ulkan hissa qo‘shgan Abror Ismoilov jamoani tark etishi mumkin. Futbolchining o‘zi Instagram sahifasida shu mazmunda post joyladi.

"Hammasi uchun raxmat",— deb yozdi Abror.

Ma’lumot uchun, Ismoilov bu mavsum Superliga doirasida 29 ta o‘yinda maydonga tushib, 4 ta gol va 6 assistni amalga oshirdi. Uning klub bilan tuzgan shartnomasi 2026 yil 31 dekabrda o‘z nihoyasiga etadi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!