Adenis Shala - "Nasaf"ning yangi qahramoni

  • 02.03.2026 15:20
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol

O‘tgan mavsumdan keyin bir qator yetakchilari va homiyisidan ayrilgan, stadioni rekonstruksiya bo‘layotgani uchun boshqa lokatsiyaga ko‘chishiga to‘g‘ri kelgan "Nasaf" ham mavsumni g‘alaba bilan boshladi.

Birinchi turni jamoa "G‘uzor markaziy stadioni"da "Xorazm"ga qarshi o‘tkazdi, Asosiy vaqtda ko‘plab vaziyatlar bo‘lishiga qaramay, to‘p darvozadan joy olmadi, va 90-daqiqagacha hisob 0:0 edi, Shu payt, o‘yinda aktivlik ko‘rsatayotgan Adenis Shala katta sahnaga chiqdi, Kosovolik futbolchi uzoq masofadan zarba yo‘llab, hisobni ochdi.

Bu Shalaning Nasafdagi debut goli hisoblanadi. O‘yin davomida ham vinger yaxshi taassurot qoldirdi. Ko‘rinishidan u endi futbolimizga moslashib boryapti...  27 futbolchi "Xorazm"ga qarshi 6 ta dribling qildi. Bu birinchi tur statistikasiga ko‘ra eng yaxshi natijalardan biridir. Shuningdek, 3 ta kalit pas ham bergan.

Qarshi klubi esa Superligadagi ketma-ket 5 ta o‘yinlik g‘alabasiz seriyasiga nuqta qo‘ymoqda... O‘tgan mavsumni juda yomon kayfiyatda tugatgan Berdiev shogirdlari yangi mavsumni 3 ochko bilan boshladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!