
Adriano Galliani: Bakka sotilmaydi, uni transferga qo‘ymaymiz
“Milan” klubi bosh direktori Adriano Gallianining ta’kidlashicha, rossonerilar jamoa forvardi Karlos Bakkaning transferi borasida boshqa jamoalar bilan muzokaralar o‘tkazmayapti.
“Bakka sotilmaydi. Yana qaytaraman, uni transferga qo‘ymaymiz”, - deydi Galliani.
Avvalroq, bir qator OAVlarda 30 yoshli kolumbiyalik futbolchining hizmatlariga Londonning “Chelsi” klubi jiddiy qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Ma’lumot uchun, Bakka ushbu mavsum A Seriyada 14ta uchrashuvda maydonga tushib, o‘zi hisobiga 6ta gol hamda 2ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishgan.
Fikrlar