"Adu-Dhabi Chess Festival". Kecha "Masters" va "Juniors" guruhlarida navbatdagi tur bahslari bo‘lib o‘tdi

  • 20 avgust, 2024, 02:19
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Shaxmat
BEPUL PROPAN

Birlashgan Arab Amirliklarining Abu Dabi shahrida O‘ttizinchi Abu Dabi Xalqaro shaxmat festivali bo‘lib o‘tmoqda. 14 avgust kuni start olgan musobaqada yurtimiz sharafini jami 32 nafar shaxmatchi himoya qilmoqda.



Mukofot jamg‘armasi jami 104 ming 50 AQSh dollarini tashkil etuvchi turnirda 250 dan ortiq shaxmatchi "Masterss", "Open A", "Open B" hamda "Juniors" guruhlarida bellashmoqdalar. 

"Masters" turnirida 4-tur bahslari yakunlandi. E’tiborli jihati shundaki, mazkur guruhda hamyurtimiz Nodirbek Yakubboev hozircha 3.5 ochko bilan 150 nafar shaxmatchi orasida ikkinchi pog‘onani band etib turibdi. 

4-turda qayd etilgan natijalar

Nodirbek Yakubboev -  Valodar Murzin (FIDE) (G‘olib aniqlanmadi); 

Javohir Sindarov 1 - 0  Srihari (Hindiston); 

Bahrom Bahrillaev 0 - 1 Lorentso Lodiki (Italiya);

Shamsiddin Vohidov 1 - 0 Mayank Chakrabuti (Hindiston);

Abdimalik Abdisalomov 1 - 0 Hari Madhavan (Hindiston); 

Ortiq Nig‘matov 1 - 0 Emin Ohanyan (Armaniston); 

Muxammadzohid Suyarov 1- 0 Ebrahimi Harab (Eron);

Saidakbar Saydaliev 1 - 0 Sidhat Mohapatra (Hindiston); 

Afruza Hamdamova 0 - 1 Nikolas Galapolus (Gretsiya); 

Muhiddin Madaminov 0 - 1 Jinan Jomon (Hindiston);

4-turdan so‘ng "Masters" guruhida vakillarimiz joy olgan o‘rinlar: 

2. Nodirbek Yakubboev - 3,5 ball; 
9. Javohir Sindarov - 3,5 ball; 
26. Abdimalik Abdusalomov - 3 ball; 
29. Ortiq Nig‘matov - 3 ball;
37. Shamsiddin Vohidov - 3 ball; 
43. Bahrom Bahrillaev - 2,5 ball; 
62. Humoyun Begmuratov - 2,5 ball; 
64. Saidakbar Saydaliev - 2,5 ball; 
76. Muhammadzohid Suyarov - 2,5 ball; 
141. Afruza Hamdamova - 1,5 ball.

Shuningdek, "Juniors" guruhida 6-tur bahslari bo‘lib o‘tdi. Quyida vakillarimiz ushbu turda qayd etgan natijalar bilan tanishing: 

Akobirxon Saydaliev 1 - 0 Sasham Upadhyay (Hindiston);

Ikromjon Halilov - Prakash Vaishnavi (Hindiston) (G‘olib aniqlanmadi);

Akbar Yakubboev 1 - 0 Davit Aleksanyan (Armaniston); 

Asilbek Abdulazizov 0 - 1 Liu Zuolu (Xitoy); 

Azizjon Abdukarimov 0 - 1 Daniel Pitts (Angliya);

Asmina Abdulazizova 0 - 1 Rishab Adityan (Hindiston);

Asadbek Abdulazizov 1 - 0 Saki Saravanan (Hindiston);

Abdulazizova Asmira - Mariam Saud (BAA) (G‘olib aniqlanmadi);

Shaxnoza Shavkatova 0 - 1 Amro Hammud (Livan);

Doniyor Rahimov 1 - 0 Devan Dipak (Hindiston).

6-turdan so‘ng "Juniors" guruhida vakillarimiz joy olgan o‘rinlar: 

3.Akobirxon Saydaliev - 5,5 ball;
15. Akbar Yakubboev - 5 ball;
22. Ikromjon Halilov - 4,5 ball;
104. Asilbek Abdulazizov - 3,5 ball; 
160. Abdukarimov Azizjon  - 3 ball; 
170. Abdulazizov Asadbek - 3 ball; 
187. Asmina Abdulazizova - 2,5 ball; 
199. Asmira Abdulazizova - 2,5 ball; 
200. Shaxnoza Shavkatova - 2,5 ball.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!