Afrika jamoasi Shvetsiyadagi turnirdan so‘ng bedarak yo‘qoldi

  • 30.07.2026 09:19
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Shvetsiyaning Gyoteborg shahrida o‘tkazilgan xalqaro yoshlar futboli musobaqasi Gothia Cup paytida Efiopiyadan kelgan jamoalardan biri tarkibidagi 20 nafar kishi g‘oyib bo‘ldi. Politsiya ma’lumotlariga ko‘ra, ularning yo‘qolishi ehtimolan ixtiyoriy ravishda, noqonuniy migratsiya maqsadida amalga oshirilgan, deya xabar bermoqda The Local nashri.

Bu yilgi musobaqada jami 77 davlatdan jamoalar ishtirok etgan, ular orasida Efiopiyadan to‘rtta jamoa ham bor edi. 

Shvetsiya huquqni muhofaza qilish idoralari ma’lum qilishicha, final kuni futbolchilar va ularga hamroh bo‘lgan kattalar yashab turgan maktab xodimlari butun guruh joyni tark etganini aniqlagan.

Musobaqa tashkilotchilari darhol politsiyaga murojaat qilgan. Turnir yakunlanganiga o‘n kun o‘tgan bo‘lsa-da, yo‘qolganlar qaerdaligi hali ham noma’lumligicha qolmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!