Afrika millatlar kubogi. Barcha yarim finalchilar nomi ma’lum

  • 31.01.2022 02:07
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol

Afrika millatlar kubogi chorak finalidan o‘rin olgan ikki uchrashuv yakuniga etdi. 

Senegal va Ekvatorial Gvineya terma jamoalari o‘rtasidagi bahsda nominal mezbonlar 3:1 hisobida raqibdan ustun keldi. 

Senegalliklar safida Dedu, Kuyate va Sarr raqib darvozasini ishg‘ol qildi. Gvineya tarkibida Buyla o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ydi. 

Shuningdek, Misr terma jamoasi Marokashni 2:1 hisobida mag‘lub etib, yarim final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. 

Saloh va Hassan tomonidan kiritilgan golga, Marokash futbolchisi Bufal bir bora javob qaytardi. 

Shunday qilib, yarim finalda Kamerun - Misr hamda Burkina Faso - Senegal terma jamoalari final yo‘llanmasi uchun maydonga chiqadi. 


Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!