Afrika millatlar kubogi. Burkina Faso yarim finalga yo‘l oldi
Afrika Millatlar kubogi chorak final doirasidagi Burkina Faso - Tunis uchrashuvi yakunlandi. Unda nominal mezbonlar kichik 1:0 hisobida g‘alaba qozondi.
O‘yindagi yagona gol 45+3-daqiqada Dango Uottara hisobiga yozildi.
Shu tariqa, Burkina Faso yarim final yo‘llanmasiga ega chiqdi. Ular keyingi bosqichda Senegal - Ekvatorial Gvineya o‘yini g‘olibi bilan kuch sinashadi.
Tunis esa chorak finalda musobaqa bilan xayrlashdi.

Fikrlar