Afrika Millatlar kubogi. Kamerun qiyinchilik bilan Janubiy Afrikani mag‘lub qildi

  • 05.01.2026 02:16
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol

Afrika Millatlar kubogining pley-off bosqichidan o‘rin olgan Janubiy Afrika - Kamerun uchrashuvida nominal mehmon jamoa 2:1 hisobida zafar quchdi va chorak finalga yo‘l oldi. 
 
To‘qnashuvning 34-daqiqasida Junior Tchamadyu gol urib, Kamerun terma jamoasini hisobda oldinga olib chiqdi. 47-daqiqada esa Kristian Kofan jamoasining ikkinchi goliga mualliflik qildi. Janubiy Afrika futbolchisi hisoblangan Evidens Makgopa 88-daqiqada hisobni qisqartirishga muvaffaq bo‘ldi, lekin o‘yinning qolgan vaqtida hisob tenglashmadi. 
 
Ma’lumot o‘rnida, Kamerun terma jamoasi chorak finalda Marokash bilan kuch sinashadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!