Afrika millatlar kubogi. Kamerun yirik hisobda zafar quchdi
Afrika millatlar kubogi guruh bosqich 3-turidan o‘rin olgan Kamerun - Efiopiya uchrashuvi yakuniga etdi. Mazkur bahsda nominal mezbonlar 4:1 hisobida raqibdan ustun keldi.
Kamerun terma jamoasi safida Karl Toko Ekambi va Vensan Abubakar dubl qayd etdi. Qarshi tomondan Dava Xotessa gol urishga muvaffaq bo‘ldi.
Shunday qilib, Kamerun "A" guruhida 6 ochko bilan yaqqol peshqadamga aylanib oldi. Efiopiyada ikkita o‘yindan so‘ng 0 ochko mavjud.



Fikrlar