Afrika Millatlar kubogi. Marmush va Saloҳning gollari Misrga Kot-d'Ivuar ustidan qiyin ғalabani taqdim etdi

  • 11.01.2026 01:59
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol

Afrika Millatlar kubogining chorak finalidan o‘rin olgan so‘nggi to‘qnashuv o‘z nihoyasiga yetdi. Gollarga boy o‘tgan bahsda Misr terma jamoasi Kot-d'Ivuarni 3:2 hisobida mag‘lub etib, yarim finalning so‘nggi ishtirokchisiga aylandi. 
 
O‘yinning 4-daqiqasidayoq "Manchester Siti" hujumchisi Omar Marmush hisobni ochdi. 32-daqiqada esa Rami Rabia jamoasining ikkinchi goliga mualliflik qildi. 40-daqiqada Misrning chap qanot himoyachisi hisoblanmish Ahmed Fattoh o‘z darvozasini ishg‘ol qilib, hisob qisqarishiga sabab bo‘ldi. "Liverpul" hujumchisi Muhammad Saloҳ 52-daqiqada yana farqni 2 taga yetkazib qo‘ygan edi, biroq 73-daqiqada Gela Due Misr darvozasiga yo‘l topa olib, hisobni qisqartirdi. 
 
Ma'lumot o‘rnida, Misr terma jamoasi yarim final bosqichida Senegal bilan kuch sinashadi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!