Afrika millatlar kubogi. Marokash - Gabon uchrashuvida jangovar durang qayd etildi
Afrika millatlar kubogi "S" guruh 3-turidan o‘rin olgan Marokash - Gabon uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Ushbu bahsda jangovar 2:2 hisobi qayd etildi.
Gabon safida Allevina gol urdi. Shuningdek, Aguerd o‘z darvozasini ishg‘ol etib qo‘ydi. Marokashliklardan Bufal va Xakimi o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ydi.
Shunday qilib, Marokash 7 ochko, Gabon esa 5 ochko bilan keyingi bosqich yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Fikrlar