
Afrika Millatlar Kubogi. Marokash Komor orollari termasini taslim etdi
“S“ guruhi 2-turidan o‘rin olgan Marokash - Komor orollari uchrashuvida nominal mezbonlar 2:0 hisobida g‘alaba qozondi. O‘yindagi gollarga 16-daqiqada Salim Amallo va 90+1-daqiqada Zakariya Abuxlal mualliflik qildi.
Ushbu g‘alabadan so‘ng Marokash terma jamoasining guruhdagi ochkolari soni 6 taga etdi va ular hozircha 1-o‘rindan joy egallashgan.
Komor orollari jamoasi esa hali ochko qo‘lga kiritganicha yo‘q. Ayni paytda mazkur terma jamoa oxirgi pog‘onani band etgan.
Fikrlar