Afrika Millatlar kubogi. Maxrezning yagona goli Jazoirga muhim 3 ochkoni taqdim etdi
Afrika Millatlar kubogining ikkinchi turida Jazoir terma jamoasi Burkina-Faso bilan kuch sinashib, minimal 1:0 hisobida zafar quchdi.
"Manchester Siti"ning sobiq futbolchisi hisoblangan Riyod Maxrez bellashuvdagi yagona golga mualliflik qildi. Maxrez turnirdagi 3 golini kiritishga muvaffaq bo‘ldi va to‘purarlar ro‘yxatida yaqqol peshqadamga aylanishib oldi.
Ma’lumot o‘rnida, Jazoir ikkinchi uchrashuvda ham g‘alaba qo‘zonganligi bois, 6 ochko bilan pley-off masalasini hal qildi.
Fikrlar