Afrika Millatlar kubogi. Misr qo‘shimcha bo‘limlarda g‘alabani ilib ketdi

  • 05.01.2026 23:52
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol

Afrika Millatlar kubogi pley-offning navbatdagi uchrashuvida Misr terma jamoasi Benin bilan bahs olib borib, 3:1 hisobida zafar quchdi va chorak final yoʻllanmasini qoʻlga kiritdi. 
 
Bellashuvning 69-daqiqasida Maravan Attia Benin darvozasini ishgʻol qilib, hisobni ochdi. 83-daqiqada esa Jodel Dossu oradagi farqni yoʻqqa chiqazgan holda, oʻyinning asosiy vaqti durang bilan yakunlanishini taʼminladi. Qoʻshimcha boʻlimlarning 97 hamda 120+4-daqiqasida Yasser Ibragim va Muhammad Saloh gol urib, Misr terma jamoasiga gʻalaba keltirdi. 
 
Maʼlumot oʻrnida, Misr terma jamoasi chorak finalda Kot-d'Ivuar - Burkina Faso gʻolibi bilan bellashadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!